"Manchester Yunayted" 35 yillik antirekordni yangiladi

Mirjalol Normatov
31 dek 2023, 16:55
"Manchester Yunayted" kecha APL doirasida "Nottingem Forest"ga mag'lub bo'ldi.

20-turdagi mag'lubiyatdan keyin MYU 35 yil oldingi rekordni yangiladi.

Yani, "qizil iblislar" ushbu mavsumda 20 o'yinning 9tasida mag'lub bo'ldi.  Bunday holat so'nggi marta 1989/90 yilgi mavsumda sodir bo'lgandi.

Undan tashqari, MYU o'tgan mavsumdagi barcha mag'lubiyatlarini yarim yilning o'zida takrorlab bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka