“Manchester Yunayted” Feguliga qiziqmoqda

15 noya 2013, 13:24
“Manchester Yunayted” klubi “Valensiya” yarim himoyachisi Sofian Fegulini sotib olishi mumkin, deb xabar beradi AS.

Manbaning xabariga ko'ra, “mankunianliklar” bosh murabbiyi Devid Moyesning shaxsan o'zi bu futbolchiga qiziqmoqda.

Ta'kidlab o'tamiz, Fegulining “Valensiya” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2016 yilgacha davom etadi. Transferning moliyaviy tomoni xususida hech qanday xabar berilmayapti.


Manba: football.kulichki.net