"Manchester Siti" va "Arsenal" Kasilyasni kuzatmoqda
Tolibjon Qosimov
9 sen 2013, 12:08
"Manchester Siti" va "Arsenal" klublari "Real" posboni Iker Kasilyasni diqqat bilan kuzatishmoqda, deb xabar bermoqda The Sun.
Balki, yaqin orada rasmiy takliflar yuborilishi mumkin. Eslatib o'tamiz, darvozabon o'tgan mavsum yarmidan buyon "Qirollik klubi" safida maydonga tushmayapti. Agar barchasi shunday davom etaversa Kasilyas klubdan ketish haqida o'ylab qolishi mumkin.