"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport qachon maydonga qaytadi?

Alisher
11 yanv 2020, 15:00
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport jarohatidan deyarli tuzalib bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi avgust oyida bo'lib o'tgan "Brayton"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olgan edi.

Xabar berilishicha, Lyaport yanvar oyi so'nggida to'liq tiklanadi. Futbolchi Angliya Liga Kubogi doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi javaob bahsida o'ynashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" ertaga APL 22-tur doirasida "Aston Villa" jamoasiga qarshi o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: The Times