“Maldonado Cup”. Maskerano shogirdlari Haydorav boshchiligidagi O'zbekiston U-20 termasini mag'lub etdi

Eldor Akmurzayev
9 sen 2022, 07:55
Urugvayda 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi xalqaro musobaqa davom etmoqda.

O'zbekistonliklar 2-turni Argentinaga qarshi o'tkazib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Raqib termasiga Xaver Maskerano ustozlik qiladi.

Ravshan Haydarov shogirdlari ilk turda mezbon Urugvayga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. Endi hamyurtlarimiz 3-turni Braziliyaga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs 11 sentyabrga o'tar kechasi 02:45 da start oladi.

“Maldonado Cup” (U-20). 2-tur.

O'zbekiston – Argentina 0:2 (0:1, 0:1)

“Domingo Burgenyo Migel” stadioni. Maldonado

Gollar: Tomas Kummer 38, Maestro Puch 86.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (asosiy tarkib):  21. Otabek Boymurodov, 4. Abubakr Ashurov, 6. Jahongir Urazov, 7. Pulatxo'ja Xoldorxonov, 8. Behruz Askarov, 10. Umarali Rahmonaliev (c), 14. Zafarmurod Abdurahmatov, 15. Zafar Hakimov, 16. Hislat Xalilov, 17. Nodir Abdurazzakov, 20. Mahmud Mahammadjonov

Chetlatish: Behruz Askarov, Abubakr Ashurov.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia