Maykl Bredli: “Totti – jahon futboli tarixidagi eng zo'r futbolchilardan biri”

Tolibjon Qosimov
30 iyul 2013, 16:54
“Roma” klubi yarim himoyachisi Makl Bredli jamoadoshi Franchesko Totti haqida iliq fikrlar bildirdi va nega Rim klubiga o'tganligini aytib o'tdi.

“Menga klub perzidenti Jeyms Palottining o'z ishiga bo'lgan sadoqati qoyil qoldirdi. “Roma” jahon hamda yevropa futbolida katta iz qoldirishni istaydi

Totti – jahon futboli tarixidagi eng buyuk futbolchilardan. Men u bilan bir jamoada o'ynayotganimdan va u bilan mashg'ulotlarda qatnashayotganimdan baxtliman. Barcha uning yaxshi o'yinchi ekanligi biladi lekin uning yonida o'ynab turib, futbolchining naqadar yuksak mahorat egasi ekanligi anglab olish mumkin.

U maydonda hech kimga ko'rinmaydigan vaziyatlarni tezda ilg'ay oladi. Franchesko boshqa futbolchilarga ham yaxshi o'ynashlirga ko'maklashadi. U haqiqatdan ham buyuk futbolchi”, - deydi Bredli.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru