Luish Figu: "Finalda hamma narsa bo'lishi mumkin"

Bugun Yevropa ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu uchrashuvda Madridning "Atletiko" jamoasi Fransiyaning "Marsel" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Final o'yini oldidan portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Figu o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Finalda barcha narsa bo'lishi mumkin, birgina vaziyat o'yin tizginini o'zgartishib yuborishi turgan gap. Ammo, so'ngi yillarda "Atletiko Madrid" ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Buni YCHL musobaqasidagi ishtirokidan ham bilib olish mumkin. Lekin, bu yilgi mavsumda "Marsel" kuchli o'yin ko'rsatdi. Bizni juda ham qiziqarli final uchrashuvi kutib turibdi", - deydi Liush Figu


Manba: footballhd.ru