Lugano “Antalyaspor”ga o'tishi mumkin

30 iyul 2013, 09:47
O'tgan mavsumni ijarada “Malaga” tarkibida o'tkazgan “PSJ” klubi himoyachisi Diego Lugano Turkiyaning “Antalyaspor” klubi qiziqish doirasiga kirib qoldi.

Klub bosh muarbbiyi Loran Blan, 32-yoshli urugvaylik futbolchi uning kelajakdagi rejalariga kiritilmaganligi va yangi klub izlashi mumkinligini ochiq oydin aytib o'tdi.

Turkiya tomoni birinchi muzokaralarni muvaffaqiyatli o'tkazdi, endi iiknchi muzokaralar davomida ular Luganoning transfer bahosini pasaytirishga harakat qiladilar, deb xabar beradi Football.fr.

Eslatib o'tamiz, himoyachining “PSJ” bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning iyul oyida tugaydi.


Manba: sports.ru