“Lokomotiv” “Saraevo” bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
7 fev 2017
Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsum hozirliklarini davom ettirayotgan “Lokomotiv” ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

“Temiryo'lchilar”ga Bosniya va Gertsegovinaning “Saraevo” klubi raqiblik qildi. Anchagina qiziqarli ko'rinish olgan bellashuvda dastlab bosniyalik futbolchilar penaltidan hisobni ochishdi. 42-daqiqada esa Nore Krizo jamoaviy hujumni gol bilan yakunlab, hisobni tenglashtirdi. Mazkur hisob o'yin so'nggiga qadar o'zgarmadi va yakunda durang natija qayd etildi.

“Lokomotiv” – “Saraevo” 1:1
Gollar:
Krizo (42) - Sarich (22, pen.)

“Lokomotiv”: Nesterov, Muhammadiev, Maxaradze, To'xtaxo'jaev, Zoteev, Kapadze (Yo'ldoshev - 81), Abdullaev (Ro'ziev - 76), Mirzaev (Qutiboev - 67), Bikmaev (Bobojonov - 81), Masharipov, Krizo (Usmonov - 64).

“Saraevo”: Pavlovich, Kadushich, Hodjich, Ivetich, Novakovich, Rustemovich, Sarich, Duljevich, Crnkich, Hebibovich, Ahmetovich.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz