“Lokomotiv” O'zbekiston futzal terma jamoasiga omad tilaydi

Aziz Tukhtamuradov
21 fev 2016
“Lokomotiv” futbol klubi Osiyo chempionatining finali oldidan O'zbekiston futzal terma jamoasiga omad tilaydi va hamyurtlarimizdan navbatdagi mazmunli o'yin kutib qoladi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, millionlab o'zbekistonlik muxlislar quvonchiga sabab bo'ldi. Futzalchilarimiz o'z oldilariga qo'yilgan vazifani ortig'i bilan uddalab, yakunda finalga qadar yetib kelishdi. Bugungi bellashuvda qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar O'zbekiston terma jamoasi a'zolari olqishlashga arzigulik ishni amalga oshira olishdi, buning uchun ular xurmatga sazovorlar.

Biz klubimizning barcha a'zolari nomidan O'zbekiston futzal terma jamoasini jahon chempionati yo'llanmasi bilan samimiy muborakbod etamiz! Unda mehnat qilgan barcha-barchaga kelgusi ishlarida omad yor bo'lishini tilab qolamiz!


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lokomotiv.uz