“Lokomotiv” futzal klubi ertaga Eronga yo'l oladi

Tolibjon Qosimov
27 iyul 2015
“Lokomotiv” futzal klubi klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun ertaga Eronga yo'l oladi.

Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga bu yil Eronning Isfahon shahri mezbonlik qiladi. “Lokomotiv” mazkur chempionatda O'zbekistonning o'tgan yilgi chempioni sifatida ishtirok etadi.

Musobaqa 31 iyul – 7 avgust oralig'ida bo'lib o'tadi. “Lokomotiv” futzal klubi “V” guruhida bahslarga kirishadi va Yaponiyaning “Nagoyya Oshinz” hamda Qirg'izistonning “MFS Emgek” jamoasiga qarshi o'ynaydi. Eslatib o'tamiz, “Nagoyya Oshinz” ushbu musobaqaning amaldagi g'olibi sanaladi.

Quyida Osiyo chempionatiga boradigan futzalchilarimiz ro'yxatini keltirib o'tamiz.

Farhod Mirahmedov, Sarvar Shoahmedov, Akmal Hazratqulov, Tohir Abdurazzoqov, Feruz Faxriddinov, Iskandar Xolmadjonov, Shokir Xodiev, Shuhrat Ahmedov, Aleksandr Shin, Orifxo'ja Akbarxo'jaev, Ilhomboy Sharipov, Sanjar Ziyoxonov, Oybek Polvonov.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: lokomotiv.uz