“Lokomotiv” Dubayda. Uchinchi kun. Yanichich safga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2016, 09:00
Dubaydagi yig'inning uchinchi kunida serbiyalik legioner Nemanya Yanichich paydo bo'ldi.


O'tgan mavsum “Lokomotiv”da barqaror futbol namoyish qila olgan himoyachi yangi yilni vatanida kutib olish uchun Serbiyaga uchib ketgandi. Shu boisdan ham Yanichich Toshkentdagi yig'inda ishtirok eta olmadi. Bugundan e'tiboran esa u to'liq murabbiylar ixtiyorida.

2

Bugungi kunni Mirko Yyelichich 10:00 da bo'lib o'tgan futbolchilar ishtirokidagi kichik yig'ilish bilan boshladi va u 15 daqiqa davom etdi. Zalning o'zidan jamoa a'zolari to'g'ri mashg'ulot maydoniga yo'l olib, 11:30 ga qadar jismoniy tayyorgarlik mashqlariga zo'r berishdi.

1

Aytib o'tilganidek, “temiryo'lchilar” kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishyapti. Bugundan e'tiboran ular trenajor zaliga ham tashrif buyurishdi. Bu yerda ular murabbiy ko'rsatmasiga jiddiy yondoshgan bo'lishsada, mashg'ulot umumiy planda quvnoq ruhda o'tdi. Buni quyida keltirilgan fotosuratlardan ham bilib olish qiyin emas.

17

Horij yig'inidagi ishlar reja asosida davom etmoqda. Siz bilasizki, “Lokomotiv” o'zining birinchi o'rtoqlik uchrashuvini 15 yanvar kuni Saudiya Arabistoni yetakchisi “Al-Ahli”ga qarshi o'tkazadi. O'yinga uch kun vaqt bor. Yanichichning kelib qo'shilishi tarkibni yanada kuchaytirdi. Bundan tashqari “Lokomotiv”ning yana bitta a'zosi Ikrom Aliboev O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan birga bo'lib turibdi.

Quyida bugungi kun fotosuratlari e'tiboringizga havola qilinadi.

3 

6

 7

 8

 9

 10

 11

 12

 13

 14

 15

 16

 17

 18



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz