"Liverpul" o'yinchisi o'z mamlakatida yil futbolchisi deb topildi
Aslanov Jasurbek
28 noya 2016, 17:43
"Liverpul" himoyachisi Ragnar Klavan Estoniyaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Estoniya futbol assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada 62 jurnalistning 56 nafari Klavanga ovoz berdi. Ragnar ketma-ket 3 yil ushbu sovringa ega chiqmoqda. Umumiy hisobda u to'rt marotaba Estoniyada yil futbolchisi deb topilgan.