"Liverpul" afsonasi van Deykni himoya qildi

Sherzod Nurmatov
11 apr 2023, 10:33
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karragerning fikricha, Virjil van Deykni hisobdan chiqarishga hali erta.

"Van Deyk Vidichdan ancha yaxshi – u ham top-futbolchi edi, lekin uning Torresga qarshi o'yinini unutdingizmi?

Rio Ferdinand va Jon Terri barcha o'yinchilar kabi o'z faoliyatida yomon mavsumlarni o'tkazishdi – Virjil ham hozir xuddi shunday vaziyatni boshdan kechirmoqda.

U so'nggi to'rt yil davomida nafaqat eng yaxshi himoyachi, balki Kevin de Bryuyne bilan bir qatorda APLning eng yaxshi futbolchisi ham bo'ldi. Biz ilgari hech qaysi markaziy himoyachini liganing eng yaxshi futbolchisi deb atamaganmiz, bu uning darajasini ko'rsatib turibdi", – dedi Jeymi Karrager.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail