

Ispaniya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 27 mart kuni bo'lib o'tadi. “Barselona” yulduzi kichik jarohat sabab Italiya bilan bo'lib o'tgan uchrashuv (2:0)da maydonga tusha olmagandi.
“Mashg'ulotlarda hech og'riq meni bezovta qilmadi. Lekin baribir o'zimni o'ta a'lo darajada xis qilmayapman. Shunga qaramay, men Ispaniyaga qarshi kechadigan seshanba oqshomidagi o'yinda maydonga tushishni xohlardim, - dedi Messi Football Espana internet nashriga bergan intervyusida.




