Liam Rosenor Mudrik haqida: "U bilan gaplashib olishim kerak, hozir u uchun qiyin davr"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026, 12:02
"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor doping mojarosi sababli futboldan chetlatilgan ukrainalik vinger Mixail Mudrikning jamoadagi kelajagi haqida to'xtaldi.

"U bilan hali gaplashganim yo'q, lekin buni albatta amalga oshirishim kerak. U - ajoyib futbolchi. Hozir Mixail uchun og'ir vaqtlar. Men, u va klub uchun qulay payt kelganda, albatta o'tirib gaplashib olamiz", - dedi Rosenor "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilning dekabr oyida Mudrikning topshirgan tahlilida taqiqlangan moddalar ro'yxatiga kiruvchi meldoniy aniqlangan va u futboldan chetlatilgan edi. Ushbu voqeaga qadar 25 yoshli futbolchi "aristokratlar" safida 73 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 11 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ygan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com