Leonardo Bonuchchi "Yuventus"ga qaytishi mumkinligini tasdiqladi

Mirjalol Normatov
27 iyul 2018
"Milan"ning yangi sport direktori Leonardo himoyachi Leonardo Bonuchchining "Yuventus"ga qaytishi mumkinligini tasdiqladi.

"Bir necha klublar qatori "Yuventus" vakillari bilan ham uchrashdim. Bonuchchining o'zi "Yuventus"ga qaytishi borasida klubdagilar bilan gaplashib ko'rishimni istadi. Agarda barchasi o'xshasa, transferni rasmiylashtiramiz.

Biz buning amalga oshishiga qarshi emasmiz. Uning jamoadan kyetishini inkor qilmayman", - dedi Leonardo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia