Lempard uchinchi marta "Chelsi"ni boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 mar 2025, 15:59
Frenk Lempard uchinchi marta "Chelsi"ga qaytishi mumkin, deb xabar berdi OLBG.

Manbaga ko'ra, hozirda "Koventri"ni boshqarayotgan Lempard kelasi mavsumdayoq Premer-ligada paydo bo'lish ehtimoli mavjud. 

Eslatib o'tamiz, Lempard ikki marta "Chelsi"ga murabbiylik qilgan va u yerda transfer taqiqi tufayli yosh futbolchilar bilan ishlashga majbur bo'lgandi. Frenk "Koventri"da ishonchni oqladi va Chempionshipdan tushib kyetishga davogar jamoani 5-o'ringa olib chiqdi.

Avvalroq Lempard "Chelsi"ga qaytish imkoniyatidan voz kechish qiyin bo'lishini aytgandi, biroq hozir u butun e'tiborini "Koventri"dagi ishiga qaratgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: OLBG