"Lacio" "Ayntraxt" o'yinchisi Kostichga qiziqmoqda

Alisher
21 iyun 2021, 11:06
"Ayntraxt" yarim himoyachisi Filip Kostich faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli serbiyalik futbolchiga Mauricio Sarri qo'l ostidagi "Lacio" klubi davogarlik qilmoqda.

Rimliklar futbolchini 20 mlnga xarid qilish imkoniyati bilan 3 million evroga ijaraga olmoqchi.

Kostich o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 17ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira