La Liga. “Selta” o'z maydonida “Alaves”ga yutqazib qo'ydi

20 okt 2018, 07:40
Ispaniya chempionati 9-turiga start berildi.

Turning ilk o'yini Vigoda bo'lib o'tdi. Unda “Selta” jamoasi “Alaves”ni qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. O'yindagi yagona gol 58-daqiqada Pina tomonidan kiritildi.

“Selta”-“Alaves”

Gol: 0:1 – 58 Pina.

“Selta”: Alvares, Malo, Kabral, Ronkalya, Alonso (Yulsager, 87), Brais Mendes, Beltran (Mor, 63), Lobotka, Bufal (Sisto, 74), Ekkert, Aspas.

“Alaves”: Pacheko, Agirregabiria, Laguardia, Ximo Navarro, Duarte, Brashanac (Vakaso, 76), Pina, Manu Garsiya, Ibai Gomes, Kaleri (Sobrino, 74), Xoni Rodriges (Baston, 90).

Ogohlantirishlar: Laguardia (11), Kabral (58), Kaleri (64), Pina (88), Yulsager (90).


Manba: Championat.asia