"Kristal Pelas" Eshli Koulni ijaraga olmoqchi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2014
"Kristal Pelas" "Roma" himoyachisi Eshli Koul xizmatlariga qiziqib qoldi.

Ingliz klubi futbolchini qishki transfer oynasi paytida ijaraga olmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, "Kristal Pelas"ning qishki transfyerdagi asosiy maqsadi chap qanot himoyachisini topish. 33 yoshli himoyachi "Roma"ning so'nggi besh uchrashuvida asosiy tarkibda o'ynagani yo'q.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com