Kramarich bir o'yinda sakkizta gol urishga muvaffaq bo'ldi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2013, 15:08
Xorvatiyaning “Rieka” klubi hujumchisi Andrey Kramarich mamlakat Kubogi doirasida bo'lib o'tgan “Zmaj Blato” klubiga qarshi o'yinda 8 ta gol urishga erishdi.

“Rieka” safarda o'tkazilgan o'yinda raqibini 11:0 hisobida mag'lub eta oldi.

O'yinda eng ko'p gol urgan o'yinchi esa mehmonlar hujumchisi Andrey Kramarich bo'ldi. Shunday qilib, futbolchi Xorvatiya professional futboli tarixida yangi rekord o'rnatdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru