Ko'zingizga yosh keladi. Davide Astorini so'nggi manzilga kuzatishdi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
8 mar 2018, 16:32
4 mart kuni "Fiorentina" sardori Davide Astori Udine shahridagi mehmonxonada vafot etdi.

Xabar qilinishicha, italiyalik futbolchi yuragi bilan bog'liq yuzaga kelgan muammolar sababli dunyodan ko'z yumgan. O'sha kuni o'tkazilishi kerak bo'lgan A Seriyaning barcha o'yinlari bekor qilindi. Chempionlar ligasida esa bahslar Astori xotirasiga 1 daqiqalik sukut bilan boshlandi.

Bugun, 8 mart kuni "Fiorentina" sardori Davide Astorini so'nggi manzilga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.


Florenciyada o'tkazilgan ushbu marosimga minglab insonlar tashrif buyurishdi.


"Inter" ustozi Luchano Spalletti va uning shogirdlari


"Yuventus" futbolchilari Barcali, Kellini va ko'ziga yosh olgan Buffon



"Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri


"Roma" va Italiya futboli afsonasi Franchesko Totti


Xuddi butun Italiya shu erga yig'ilgandek (7000 kishi)


Italiya futbol federatsiyasida ishlayotgan "Milan" sobiq futbolchisi Alessandro Kostakurta


"Sampdoriya" posboni Emiliano Viviano


"Fiorentina" prezidenti Diego della Valle


Italiya Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Jovanni Malago


Italiya futboli afsonasi Franchesko Toldo


Davide Astorining otasi va onasi



Marosimdan qisqa videoni Telegram kanalimizda tomosha qilinshingiz mumkin.

Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gettyimages.com