Kovachichning agenti: "Mateo Italiyaga qaytmaydi"

Narzulla Saydullayev
7 may 2017, 21:20
"Real" yarim himoyachisi Mateo Kovachich Italiyaga qaytmaydi, bu haqda uning agenti Nikki Vukshan aytib o'tdi.

– Hech qanday yangilik yo'q. Italiya A seriyasiga qaytish sodir bo'lmaydi. Mateoning "Real" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi. Mish mishlar qayerdan olinishini bilmayman. Kovachich shunday buyuk klubda o'ynayotganidan xursand. Uning atrofidagi mish mishlar esa yolg'on, – deydi agent TMW nashriga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Tuttomercatoweb