

Bu haqda Goal.com portali xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, yarim himoyachi Bergamodagi o'yin amaliyoti kamligidan norozi. Shu munosabat bilan Ruslan boshqa klublar variantini ko'rib chiqishni rejalashtirmoqda. Malinovskiyga davogarlardan biri Londonning "Tottenxem" klubi hisoblanadi. Uning xizmatlariga "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte qiziqmoqda.
Ukrainalik futbolchi joriy mavsum "Atalanta" safida 10 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.



