Konte "Kante o'z o'yinini kuchaytirishi kerak" degan gapni eshitib kulib yubordi

Aslanov Jasurbek
7 mar 2017, 19:43
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte yarim himoyachi N'Golo Kante o'yinini kuchaytirishi kerakligi haqidagi gapni eshitib, kulib yubordi.

"Bilaman, Kante 50 ta uzatma berdi va 5 ta xatoga yo'l qo'ydi. Bu borada u o'yinini kuchaytirishi kerak. Hazillashyapman. Ammo u to'xtab qolmasligi uchun biror gap topishim kerak.

U yaxshi texnikaga ega charchash nimaligini bilmaydigan futbolchi. Kante ajoyib harakat qilmoqda. Ammo hammamiz o'syapmiz. Undan ko'nglim to'q, biroq barcha futbolchilarim yaxshi o'ynashmoqda" - deydi Konte.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports