Konstantin Genich: "O'zbekistonni JCH-2018ga olib chiqish uchun Toshkentga uchyapman"

Aslanov Jasurbek
4 sen 2017, 11:49
"Match TV" sharhlovchisi Kostantin Genich tez orada Toshkentga uchib keladi.

Bu haqda jurnalist "Tvitter"dagi sahifasida e'lon qildi.


"Sen bilan dunyoning yarmini aylanib chiqdik, biroq har safar uyni sog'inaman... O'zbekistonni JCH-2018ga olib chiqish uchun Toshkentga uchyapman" - deb yozadi Genich "Tvitter"dagi sahifasiga.

Oldinroq, mamlakatimizning turli nashrlari Konstantin Genich O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvini Toshkentdan sharhlashini e'lon qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia