Konor Makgregor: "Evro-2020da Rossiya terma jamoasiga muxlislik qilaman"

Alisher
24 okt 2019, 16:16
MMA jangchisi Konor Makgregor 2020 yilda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Yevropa chempionatida Rossiyaga muxlislik qilishini aytdi.

"Men futbolning katta muxlisiman. Ammo, janglar tufayli unga kam vaqtim bo'ladi. Rossiya jahon chempionati yo'lida infrastruktura sohasida katta ishlarni amalga oshirdi", - deydi Makgregor.

JCHda qatnashganimdan xursand bo'lgan edim, bu ajoyib. Men Yevropa chempionatida Rossiya terma jamoasiga muxlislik qilaman. 

Ammo, o'zimizning irlandiyaliklarni ko'proq qo'llab-quvvatlayman", - deb qo'shimcha qildi Konor.


AlisherMuallif
Manba: TACC