Konferenciyalar ligasi. "Tobol" o'z uyida "Jilina"ga yutqazdi. Sergeev 86 daqiqa o'ynadi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2021, 01:23
Sergeev o'ynayotgan "Tobol" jamoasi mag'lubiyatga uchradi.

Hamyurtimiz Igor Sergeev va "Tobol" klubi Konferenciyalar ligasining uchinchi saralash bosqichining ilk uchrashuvida Slovakiyaning "Jilina" klubiga qarshi o'ynashdi. "Tobol" o'z uyida kichik, 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Javob uchrashuvi 12 avgust kuni o'tkaziladi.

"Tobol" 0:1 "Jilina"

Astana Arena

Gol: 0:1 – 27 Gono.

Tobol – Mokin, Malyy, Amanovich, Marochkin, Kairov (Jarynbetov, 81), Toshich (Nurgaliev, 76), Brijidu (Silva, 76), Tagybergen, Valiullin, Yovanchich, Sergeev (Manzorro, 86).

Jilina – Petrash, Kopas, Sluka, Kiver, Anang, Fazlagich, Bichaxchyan (Slebodnik, 78), Gono, Djibril, Dyurish (Golyan, 71), Kapralik (Myslovich, 86).

Ogohlantirishlar:

Amanovich (58), Silva (77), Yovanchich (90).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia