Kiran Tripper: "Atletiko"da meni barcha Runi deb ataydi"

Alisher
12 noya 2019, 17:30
"Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper Madriddagi ko'nikish jarayoni haqida gapirdi.

"Atletiko"ga 35 million evro evaziga o'tgan ingliz futbolchisi Ispaniyada uni ismi bilan chaqirmasliklarini aytdi.

- Menga birdan laqab to'qishdi: Runi. Diego Kosta meni shunday deb chaqirdi. Menimcha, men bu yerdagi yagona ingliz futbolchisi bo'lganimdandir. Bundan tashqari Angliya deganda ularning hayollariga birinchi bo'lib Runi kelar balki. Hamma joyda meni Runi deb atashadi. Mashg'ulotlar paytida ham shunday.

Men odamlardan Ispaniyaga borish tavakkal deb eshitganman. Meni bir necha bor ogohlantirishgan. Ammo, men bunga parvo qilmadim. O'ylaymanki, bu ajoyib imkoniyatdir, - deydi Tripper.



AlisherMuallif
Manba: The Guardian