"Oltin to'p"ning 2 karra sohibi og'ir kasallikka chalindi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2026
Ingliz futbol tarixidagi eng mashhur futbolchilardan biri Kevin Kigan sog'lig'i bilan bog'liq jiddiy muammolariga duch keldi.

"Sport Bible"ning xabar berishicha, Kigan oilasi rejali tibbiy ko'rik davomida 1977 yilgi Yevropa chempionlari kubogi g'olibi va "Oltin to'p"ning 2 karra sohibida saraton aniqlanganini ma'lum qildi.

"Ushbu tekshiruvlar onkologik kasallikni aniqladi, shu sababli Kevin davolanish kursini o'taydi. Kevin tibbiy jamoaga o'z vaqtidagi yordam va doimiy g'amxo'rlik uchun minnatdorlik bildiradi", – deyiladi bayonotda.

"Skantorp Yunayted" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Kevin Kigan 1971–1977 yillarda "Liverpul" sharafini himoya qilgan va aynan shu klub bilan hozirgi Chempionlar Ligasining ilgarigi ko'rinishi hisoblangan musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan. Biroq eng katta shuhratni u Germaniyaning "Gamburg" klubi safida qozongan - u erda 1978 va 1979 yillarda ikki marta "Oltin to'p"ga ega chiqqan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bible