Kevin Miralyas: "Yanuzayni JCHga olib ketish to'g'ri bo'lmaydi"

Tolibjon Qosimov
26 apr 2014, 12:10
"Everton" yarim himoyachisi Kevin Miralyas "Manchester Yunayted" vakili Adnan Yanuzay Belgiya terma jamoasi safida mundialda ishtirok etishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"So'nggi vaqtlarda unga juda katta bosim bo'ldi. Belgiyani tanlaganidan xursandman. Yanuzay – ajoyib futbolchi.

Ammo menimcha uni Braziliyaga olib ketish to'g'ri emas. Terma jamoada umuman o'ynamagan va sheriklar bilan til topishmagan yosh futbolchini JCHga olib ketish yaramaydi.

Adnan so'nggi paytlarda "Manchester Yunayted"da kam maydonga tushmoqda. Bundan tashqari Belgiya terma jamoasida yaxshi futbolchilar etarli.

Menimcha, u Evro-2016da bor kuchi bilan ishtirok etishiga ishonaman", – deydi Miralyas.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru