Kazemiro: "Real"dagi bu voqeani hech bir intervyuda gapirmaganman"

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2025, 13:44
Kazemiro "Madrid"da bo'lgan hodisani yodga oldi.

"Men sizga hali hech qachon, hech bir intervyuda aytmagan bir voqeani aytib beraman. Milanda o'tgan "Atletiko"ga qarshi YCHL finalidan keyin hammamiz g'alabani nishonlayotgandik, Luka Modrich oldimizga keldi va shunday dedi: "Do'stlar, endi biz yana ikki bor YCHL bosh sovrinini yutishimiz kerak".

Biz unga javoban: "Luka, shoshilmasangchi, o'zingni bos, biz shundoq ham deyarli ketma-ket ikki bor bosh sovrinni qo'lga kiritdik - Lissabonda va o'sha yerda". 

U esa: "Yo'q, yo'q. Bunday ajoyib jamoa hosil bo'lgan ekan, bundan unumli foydalanib qolishimiz va kamida ikki marta ketma-ket YCHLda zafar quchib tarixga kirishimiz kerak". 

Va biz buni uddaladik. Ketma-ket yana ikkita kubok: 12 va 13-sovrinlar. Luka hammasini bilardi".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS