Kayl Uoker termada o'ynash uchun Saudiya Arabistoni chempionatiga kyetmadi

Omonjon To`xtamirzayev
14 yanv 2025, 19:29
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin edi.

Ma'lum qilinishicha, futbolchi arab klubining yaxshigina taklifini rad etgan. Bunga sabab esa Kayl Osiyoga yo'l olsa, Angliya terma jamoasiga chaqirilmasligidan cho'chigan.

Uokerning asosiy maqsadi milliy terma jamoa libosida 100 ta o'yin o'tkazish hisoblanadi. Hozir uning hisobida 93 ta uchrashuv bor.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive