Jovanni Simeone: "Har bir argentinalik otamni terma jamoada ko'rishni istaydi"

Aslanov Jasurbek
15 okt 2018, 12:46
"Fiorentina" hujumchisi Jovanni Simeone "Atletiko"ni boshqarayotgan otasi Diego Simeone qo'l ostida o'ynashni istashini aytdi.

"Atletiko"da to'p tepish juda ajoyib bo'lardi. Hech qachon otam qo'l ostida futbol o'ynamaganman.

U Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi? Dadam doimo hozir vaqti emas deydi, ammo men futbolchi sifatida uni milliy terma jamoamiz murabbiy sifatida ko'rmoqchiman. Buni har bir argentinalik istaydi, chunki u ajoyib mutaxassis" - deydi Jovanni Simeone.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fox Sports Argentina