

"Pochettinoni "Sautgempton" va "Tottenxem"da kuzatganimda, unda o'sha argentinacha jangovar xarakter sezilib turardi. Hozir esa unga qarayman: hamma bilan "besh tashlab" ko'rishadi, bilaguzuklar taqib olgan, soch turmagi ham boshqacha... U haddan tashqari yumshoq bo'lib qolgan. Xuddi hamma uchun do'st bo'lishni istayotgandek taassurot uyg'otadi", – deya ta'kidladi Rednapp.

Eslatib o'tamiz, Pochettino 19 noyabr kuni MYU boshqaruviga kelgandi. Uning qo'l ostida jamoa APLda mag'lubiyatga uchradi va Chempionlar Ligasida durang o'ynadi.
"Manchester Yunayted" 11-turdan so'ng APL turnir jadvalida 19-o'rinni egallab turibdi.



