Jerrard "Aston Villa"ga "Liverpul" himoyachisini olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
20 dek 2021, 22:31
"Liverpul" himoyachisi Jo Gomes "Aston Villa" qiziqishlari doirasida.

"Birmingham Mail" xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchining transferini birmingemliklar ustozi Stiven Jerrard istamoqda. Manbada aytilishicha, "Aston Villa" futbolchi borasida klubga taklif jo'natgan.

Gomes ushbu mavsumda barcha turnirlarda umumiy 336 daqiqa harakat qildi. Uning klubi bilan kelishuvi 2024 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Birmingham Mail