Yens Keller: "Futbolda qo'rquvga o'rin yo'q"

18 mar 2014, 02:49
"Shalke" bosh murabbiyi "Real"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

Bizda yosh jamoa shakllanmoqda. Bu o'yin biz uchun juda foydali bo'ladi. Futbolda qo'rquvga o'rin yo'q. Balki ertaga kutilgan futbolchilar va kichik jarohati borlar o'ynamasligi mumkin. Bizda zaxira juda katta emas. Shuning uchun ertaga yoshlarga imkon beramiz. "Real" va "Bavariya" kabi jamoalar hozirda  sayyoramizning eng kuchlilari hisoblanishadi.


Manba: sports.ru