"Jenoa" "Yuventus" bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
18 dek 2019, 10:44
"Yuventus" darvozaboni Mattia Perin faoliyatini "Jenoa"da davom ettirishi mumkin.

Genuya klubi darvozabonni ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Eslatib o'tamiz, Mattia "Yuve"ga 2018 yilning yozida aynan "Jenoa"dan o'tgan edi. Peringa shuningdek "Benfika" ham qiziqish bildirmoqda.

Portugaliya klubi darvozabonni qishki transferlar oynasida 15 million evro evaziga xarid qilishga tayyor.

Perin joriy mavsum "Yuventus"da umuman maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com