"Jenoa" Rossiyadan yana bir hujumchi olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2021
SSKA hujumchisi Adolfo Gaych "Jenoa" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "grifonlar" 21 yoshli futbolchini qishki transferlar oynasi vaqtidayoq sotib olishni rejalashtirmoqda. Forvard ushbu mavsum SSKA tarkibida 18 o'yinda 1 gol va 1 assist qayd etdi.

"Armiyachilar" o'tgan yili Gaychni 8,5 mln evro evaziga sotib olib, 2025 yilga qadar shartnoma imzolagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato