JCH-2026 guruh bosqichiga qachon qur'a tashlanadi?

Alisher Ostonov
29 noya 2025
JCH-2026ga joriy yilning 5 dekabrida qur'a tashlanadi.

Joriy yilning 5 dekabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga qur'a tashlanadi. Tadbir mahalliy vaqt bilan 12:00 da, Toshkent vaqti bilan esa soat 22:00 da start oladi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi qur'ada 3-savatchadan o'rin olgan. 

Ushbu nufuzli tadbirda O'FA rahbariyati, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати