Jasur Azimov: "Neftchi"ga omad kulib boqdi"

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2020
PRO liganing 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar sardori Jasur Azimovning fikrlari bilan qiziqdik.

"O'yin haqida fikrim, mehmonda o'ynashimizga qaramasdan ko'proq hujumda o'ynashga harakat qildik. Afsuski, birgina xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Keyinchalik esa o'zimizning vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Menimcha shuning evaziga yutqazdik deb o'ylayman.

Raqib jamoa xam uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Tezkor goldan so'ng chuqur himoyadan o'yin olib bordi. Omad farg'onaliklarga kulib boqdi. Kelasi uchrashuvda o'z uyimizda g'alaba qozonishga va samarqandlik muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz",- deydi Jasur Azimov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia