

Jamoa a'zolari kuni kecha ushbu bahsdan oldin so'nggi nazorat bahsini "Qizilqum"ga qarshi o'tkazib 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yindan so'ng tayyorgarlik, ichki muhit va kayfiyat haqida yetakchi futbolchi Jaloliddin Masharipov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“OCHL ilk turidan oldingi oxirgi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdik. Hammasi o'ylaganimizdek ketmoqda. Jarohat olgan futbolchilar ham tezroq safga qaytishsa yanada kuchli bo'lamiz. Olimpiya terma jamoasi a'zolarining kayfiyati bo'lajak uchrashuvga ortiqcha ta’sir qilmaydi deb o'ylayman. Yigitlar ortda qolgan voqelarni esdan chiqarishdi. Raqiblarimizni o'rganib, ularning o'yinlarini ko'rib chiqdik. O'tgan yili bundan ham kuchli guruhga tushgan edik. Biz ulardan emas, raqiblar bizdan cho'chishi kerak. Bu tomonlama futbolchilar yuz foiz tayyorlar.
Olimpiya terma jamoamiz muvaffaqiyatsizlikka uchragach, muxlislarda kayfiyat tushgan, qiziqish pasaygan. Bo'lajak o'yinda g'alaba qozonib xalqimizni yana futbolga qiziqtirishga, stadionga qaytarishga borimizni beramiz”, - dedi Masharipov.



