

To'g'risini aytadigan bo'lsam, men oilam bilan dam olishda edim. Shu bois transferlar va "Yuventus"ga o'tishim borasidagi mish-mishlardan xabarim yo'q. Tatildan qaytishim bilan agentim "Roma" jamoasidan taklif bor dedi va biz tezda shartnomani imzoladik. "Roma" jamoasi meni o'z tarkibida ko'rishni juda istadi va "Verona" bilan bo'lgan qiyin muzokaralarni ijobiy hal etdi. "Yuventus"ning qiziqish bildirganini bilmasdim.



