Italiyaning so'nggi 15 golini 15 futbolchi kiritdi

Mirjalol Normatov
24 mar 2019, 10:57
Evro-2020 saralashi doirasida Italiya termasi Nikolo Barelya va Moyze Kinning gollari evaziga Finlyandiya termasini mag'lub etdi.

Qizig'i shundaki, "skuadra adzurra"ning so'nggi 15 golini 15 nafar futbolchilar kiritdi.

2017 yilning iyunida Lixtenshteyn (5:0) mag'lub etilganidan keyin to kechagi kunga qadar Matteo Politano, Kristiano Biragi, Federiko Bernardeski, Jorjino, Simone Dzadza, Leonardo Bonuchchi, Andrea Belotti, Mario Balotelli, Lorenco Insine, Antonio Kandreva, Jorjo Kellini, Chiro Immobile va Manolo Gabbyadini kabi futbolchilar terma tarkibi gollar kiritishga muvaffaq bo'lishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal