

Ovoz berish natijalariga ko'ra, mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Enco Bearzot nomi bilan ataluvchi sovrinning egasiga aylandi. Manchiniga sovrinni Italiya futbol federatsiyasi rahbari Gabriele Gravina topshirgan. Mazkur nominaciyada 54 yoshli mutaxassisga Milan ustozi Jennaro Gattuzo hamda Atalanta bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini raqiblik qilgandi.
O'tgan yili Eusebio Di Franchesko eng yaxshi murabbiy nomiga sazovor bo'lgandi.



