Ispaniya futboli afsonasi faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
7 okt 2024
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qildi.

Yarim himoyachi faoliyati davomida "Barselona", "Vissel Kobe" va "Emireyts" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Inesta jahon chempionati, Yevropa chempionati (x2), UEFA Chempionlar ligasi (x4), LaLiga (x9), Klublar o'rtasidagi jahon chempionati (x3), UEFA Superkubogi (x3), Ispaniya Kubogi (x6), Ispaniya Superkubogi (x7), Yaponiya chempionati, Yaponiya Kubogi, Yaponiya Superkubogi musobaqalarida g'olib bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia