"Inter" Ikardi va Perishich diskvalifikaciyasi borasida apellyaciya berdi

Aslanov Jasurbek
9 fev 2017, 16:41
"Inter" Mauro Ikardi va Ivan Perishichlarning diskvalifikaciyasi borasida apellyaciya berganini e'lon qildi.

Oldinroq Italiya sport sudi futbolchilarni A Seriyaning ikki uchrashuviga chetlashtirgan edi. Ikkiala futbolchi "Yuventus"ga qarshi chempionatning 23-tur bahsidagi sportga oid bo'lmagan harakatlari uchun jazolangan.

Uchrashuv bosh hakam Nikola Riccoli o'yin qaydnomasiga Perishich Turindagi bahsda hakamlar brigadasini bir necha marotaba haqorat qilganini (bahs oxirida qizil kartochka bilan jazolandi), Ikardi esa o'yin yakunlanganini anglatuvchi xushtak chalingandan so'ng to'pni Riccoli tomon tepganini kiritdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com