Ilhom Suyunov "Lokomotiv"ni tark etdi

28 dek 2014, 18:00
Mavsum yakuniga etgach, "temiryo'lchilar" bir qator futbolchilar bilan xayrlashmoqda.
Xususan tajribali himoyachi Ilhom Suyunov ham "Lokomotiv"ni tark etgan. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi va klub o'rtasidagi bitim poyoniga etgan. Endi u  faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. 

Ma'lumot uchun Suyunov bu yil oliy ligada 7ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi. 

Manba: championat.asia