Igor Taran: "Xet-trikka erishganimdan xursandman"

Narzulla Saydullayev
8 may 2016
"Sho'rtan" - "So'g'diyona" (4:2) uchrashuvi qahramoni Igor Taran o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Albatta shu kungacha g'alaba qozona olmagandik. Uchta gol urganimdan juda xursandman. Albatta poker bo'lmadi, ammo umid qilamizki keyingi o'yinlarda bu natijaga ham erishaman. Gol o'tkazishdan qo'rqdik, ochiq o'yin bo'ldi. Biz raqibga nisbatan ko'proq gol urishga erishdik. "Sho'rtan" bugun kuchliroq edi. Uzoq kutilgan g'alabaga erishdik", - deydi Igor Taran.

"Sho'rtan" matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia